Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni kamaydi

Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni kamaydi

Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilinganlar soni keskin kamaydi. Joriy yilning 1 yanvaridan 30 iyunigacha bo‘lgan davrda 65 495 ta ariza topshirildi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan deyarli 43 foizga kam, deya xabar berdi Welt am Sonntag gazetasi 5 iyul, shanba kuni Yevropa Ittifoqining boshpana agentligi (EUAA)ma’lumotlariga tayanib.

Bu raqamlar Yevropa Komissiyasining 2025 yil 3 iyuldagi nemis gazetasida mavjud bo‘lgan ichki hisobotida keltirilgan.

Germaniya ko‘p yillar davomida birinchi marta boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni bo‘yicha yetakchi sifatida qayd etilmadi. Uni 2025 yilning birinchi olti oyida 76 020 boshpana izlovchini qabul qilgan Ispaniya va 75 428 boshpana izlovchi bilan Fransiya ortda qoldirdi. Boshpana murojaatlari soni bo‘yicha dastlabki olti davlatga Italiya (62 534 kishi), Gresiya (27 718) va Belgiya (17 285) ham kiradi. Ro‘yxatni Litva (152 ta boshpana so‘rovi), Slovakiya (84 ta ariza) va Vengriya (47 ta ariza) yopgan.

2025 yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Norvegiya va Shveysariyadan boshpana so‘rab jami 388 299 kishi murojaat qilgan. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kam. Murojaat qilganlarning ko‘pchiligi Venesuela (48 413), Afg‘oniston (41 127) va Suriyadan (23 700) kelgan. Venesuelaliklarning aksariyati Ispaniyada, afg‘onlar va suriyaliklar esa Germaniyada murojaat bilan chiqqan.

Kiritildi: 14:26 07.07.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!