Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniyada 6 yoshdan boshlab bolalarga pensiya uchun jamg‘arish taklif qilindi

Germaniyada 6 yoshdan boshlab bolalarga pensiya uchun jamg‘arish taklif qilindi

Rasmiylar "erta pensiya" dasturini ishga tushirish niyatida - davlat 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga oyiga 10 yevro o‘tkazadi.

Germaniyada bolalar uchun erta yoshdan pensiya jamg‘arish tizimini yo‘lga qo‘yish tashabbusi – aholining kelajagi haqida bugundan boshlab g‘amxo‘rlik qilinayotganining yaqqol dalilidir.

Afsuski, bizda pensiya tizimiga doir muhokamalar ko‘pincha yosh chegarasini oshirish, mehnatga layoqatli bo‘lgan davrni cho‘zish yo‘nalishida olib borilmoqda. Bu esa nafaqat yoshlarda ish topish imkoniyatini toraytiradi, balki katta yoshli fuqarolarning ijtimoiy holatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Kelajak avlodlar farovonligini ta’minlash uchun bolalikdan boshlab moliyaviy savodxonlikni oshirish, jamg‘arma madaniyatini shakllantirish hamda pensiya siyosatini zamon talablari asosida isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: 23:57 29.05.2025. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!