Germaniyaning g‘arbiy Axen shahri sudi hamshirani 10 bemorni o‘ldirish va 27 nafar bemorni o‘ldirishga urinishda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Bu haqda DPA axborot agentligi xabar berdi.
44 yoshli erkak palliativ yordam bo‘limidagi bemorlarga o‘limga olib keladigan in’eksiyalarni qo‘llagan. U 2023 yildan 2024 yilgacha jinoyatlarni Vyurzelendagi (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) kasalxonada ishlagan vaqtida sodir etgan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, qotil tungi smenada tinchlik va osoyishtalikka intilgan.
U 2024 yil iyul oyida 11 ta holatda qotillikka urinishda gumonlanib hibsga olingan. Biroq tergov davomida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Fevral oyi o‘rtalarida Axen prokuraturasi uni beshta qotillik va 25 ta qotillikka urinishda aybladi. Biroq tergov davom etdi va keyinchalik bu odamga qo‘shimcha ayblovlar qo‘yildi.