Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya va AQSh Kiyevni NATO'ga taklif qilishga tayyor emas

 Germaniya va AQSh Kiyevni NATO'ga taklif qilishga tayyor emas

Bu haqda Politico AQSh va Shimoliy Atlantika alyansining to‘rt nafar rasmiy va diplomatiga tayanib yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”da Ukrainani NATO'ga “zudlik bilan taklif qilish” haqidagi band bor.

"Hozircha alyans Ukrainaga a’zolik berish yoki taklif qilishga tayyor bo‘ladigan darajaga yetgani yo‘q", — dedi AQShning NATO'dagi doimiy vakili Julian Smit.

Avvalroq Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyevni tezlik bilan alyansga taklif qilish masalasini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgandi. Vengriya va Slovakiya ham Kiyevning bu talabini qo‘llab-quvvatlamayapti.

"Belgiya, Sloveniya yoki Ispaniya kabi davlatlar AQSh va Germaniyaning qarorini kutishmoqda. Ular bu borada xulosa chiqarishga shoshilmayapti", — deydi NATO rasmiylaridan biri.

"Shu bilan birga, Rossiya Federasiyasi tomonidan katta tahdidni his qilayotgan Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha bu fikrga katta ishtiyoq bilan qarashmoqda", deya ta’kidlaydi nashr.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!