Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya o‘tgan haftaning oxirida Ukrainaga birinchi Patriot zenit-raketa tizimini topshirgan — The Telegraph

Germaniya o‘tgan haftaning oxirida Ukrainaga birinchi Patriot zenit-raketa tizimini topshirgan — The Telegraph

"AQSh prezidenti Donald Tramp 13 iyul kuni NATO bosh kotibi Ryutte bilan birga 10 milliard dollarlik yordam loyihasini e’lon qilgandi, shuningdek, Rossiya va uning qazilma yoqilg‘isini xarid qiladigan har qanday davlatga nisbatan savdo bojlarini joriy etish rejasini bayon qilgandi. O‘sha haftaning oxiriga kelib, Germaniya bilan erishilgan kelishuv natijasida Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi va qo‘shimcha tutuvchi raketalar yetkazib berildi", deyiladi maqolada.

Vashington bu harakatni boshqa Yevropa davlatlarini hozirdanoq Ukrainaga o‘zlaridagi Patriot tizimlarini berishga ko‘ndirish maqsadida amalga oshirgan, kelajakda esa ularning o‘rnini Qo‘shma Shtatlarning o‘zi to‘ldirishni va’da qilmoqda.

"Biroq ba’zi davlatlar uchun bu oson emas, chunki ularning Patriot tizimlari kamida kelasi yil boshigacha almashtirilmaydi", deb yozadi nashr.

Kiritildi: 14:05 25.07.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!