Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya Ukrainaning Eutelsat sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ulanishini moliyalashtiradi

Germaniya Ukrainaning Eutelsat sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ulanishini moliyalashtiradi

Germaniya Ukrainaning Eutelsat sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ulanishini moliyalashtiradi.

Bu haqda Eutelsat bosh ijrochi direktori Eva Berneke ma’lum qildi. To‘lov miqdoriga hali aniqlik kiritilmagan.

Mart oyida Yevrokomissiya Ukrainaning Yevropa sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga kirishi subsidiyalanishi kerakligini bildirgan edi. Reuters agentligining qayd etishicha, yetarli darajada sifatli aloqa uchun sun’iy yo‘ldoshlar sonini ko‘paytirish zarur bo‘ladi.

Evrokomissiya tomonidan ilgari surilgan Iris2 loyihasining qiymati 10,6 milliard yevroga teng bo‘lib, davlat va xususiy sektor hamkorligida 300 ga yaqin sun’iy yo‘ldoshni birlashtirishni ko‘zda tutadi. Loyihaning taxminan 2030 yilda ishga tushishi kutilmoqda.

Hozirgi paytda Ukraina harbiylari asosan Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘idan foydalanmoqda. Starlink'ning qamrovi kengroq va sun’iy yo‘ldoshlari zamonaviyroq. Shu sababli bu tarmoq orqali internet aloqasi ancha tez ishlaydi.

Kiritildi: 17:03 05.04.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!