Berbok Ukraina havo mudofaasi va energetika ob’ektlariga tashrif buyurdi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaga tashrifi chog‘ida Germaniya tomonidan yetkazib berilgan Gepard zenit tanklaridan foydalanish haqida ma’lumot oldi.
Ukraina askarlari unga o‘tgan hafta juma kuni Kiyevning katta hududida uchta rus dronini urib tushirganliklarini aytishdi. Ular, shuningdek, Berbokdan o‘q-dorilar shaklida ko‘proq yordam so‘rashdi.
Gepard tanklari dron hujumlarini qaytarishda ayniqsa samarali hisoblanadi. Hozirgacha Germaniya Ukrainaga 55 ta Gepard zenit tanklari, ehtiyot qismlar, shuningdek, Bundesverdan 176 ming dona zenit o‘q-dorilari va sanoat zaxiralari yetkazib berdi.
Shundan so‘ng nemis vaziriga Kiyev yaqinidagi Rossiya raketalari tomonidan bir necha bor urilgan, biroq elektr energiyasi ishlab chiqarayotgan energetika zavodi ko‘rsatildi.
Berbokning aytishicha, Germaniya Rossiyaning «shafqatsizligiga» qarshi turishda «insonparvarlik va qo‘llab-quvvatlash bilan yordam bermoqda - ukrainaliklar nafaqat qishdan omon qolishi, balki ularning mamlakati ham omon qolishi» uchun.
Ukrainaning AQShdan keyin ikkinchi yirik donori bo‘lgan Germaniya qishdan o‘tish uchun 170 million yevro (185 million dollar) favqulodda yordam va’da qildi.