Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful lavozimiga tayinlanganidan so‘ng birinchi rasmiy tashrifini Ukrainaga amalga oshirdi. Vizit chog‘ida u Rossiyaning tungi dron va raketa hujumlarini keskin qoralab chiqdi: bir kecha-kunduzda 477 ta dron-kamikadze, 60 ta qanotli va ballistik raketa uchirilgani aytildi.
«Putin Ukrainaning o‘z taqdirini mustaqil belgilashiga kuch bilan to‘sqinlik qilmoqchi. Uning urushi Ukrainaga bo‘ysundirishni maqsad qilgan», — dedi Vadeful jurnalistlarga.
Ministr Kiyevdagi Rossiya dronlari urib tushirgan turarjoy binolaridan birini shaxsan ko‘zdan kechirdi.
«Putin ukrainaliklarni shafqatsiz terrorchi bombardimonlar bilan nishonga olmoqda. Insonlar har kuni, har tun uylarida halok bo‘lmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Vadeful Germaniya tashqi siyosatida Ukrainaga yordam berishni eng muhim vazifa deb atadi va qora-qizil koalisiya (XDS/SDPG) ushbu yo‘ldan chekinmasligini ta’kidladi.
«Ayni paytda Ukrainada Yevropa xavfsizligi hal bo‘lmoqda — davlat chegaralarini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish mumkinmi yoki yo‘qmi. Shu sababli, Ukraina ozodligi va kelajagi — tashqi va mudofaa siyosatimizning eng ustuvor masalasidir», — dedi Vadeful.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya barcha sa’y-harakatlarini Ukrainaga qo‘llab-quvvatlashga qaratgan va bu pozisiya uzoq muddat davom ettiriladi.