Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniya Ukrainaga sun’iy intellektga ega Helsing dronlarini yetkazib bermoqchi

Germaniya Ukrainaga sun’iy intellektga ega Helsing dronlarini yetkazib bermoqchi

Germaniya dekabr oyidan Ukrainaga yuqori aniqlikda zarba berishga qodir sun’iy intellekt yordamida boshqariluvchi Helsing uchuvchisiz uchish apparatlarini yetkazib berishni boshlaydi.

Qayd etilishicha, bu turdagi texnikalardan jami 4 ming dona yetkaziladi — Berlin oyiga bir necha yuz dron yuboradi. Ushbu uchuvchisiz uchish apparatlari uzoq masofaga parvoz qilishga qodir bo‘lib, u Ukraina Qurolli kuchlari (UKQ) ixtiyoridagi kamikadze-dronlardan to‘rt barobar uzoqqa ucha oladi.

Bild ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Ukrainada «real sharoitda foydalanish uchun» bir nechta Helsing dronlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Helsing Ukraina Mudofaa vazirligi bilan dronlarni yetkazib berish bo‘yicha sentyabr oyida shartnoma imzolagan edi. Moliyalashtirish Germaniya federal hukumati tashabbusi bilan ilgari surilgan modernizasiya dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Mini-Taurus nomli dronlar dasturiy ta’minotga ega bo‘lib, uning yordamida apparat elektron kurash tizimlarini bosib o‘tishi va GPS faoliyati buzilganda ham parvoz qila olishi mumkin. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Helsing dronlarining parvozini kuzatib, ularning samaradorligiga ishonch hosil qilganini bildirdi.

Germaniya — Ukrainaga AQShdan keyin eng ko‘p harbiy yordam ko‘rsatayotgan ikkinchi davlat.

Kiritildi: 18:52 19.11.2024. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!