Germaniya Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordamning yangi partiyasini topshirdi. Ushbu yordam to‘plami havo hujumidan mudofaa tizimlari, snaryadlar va zirhli transport vositalarini o‘z ichiga olgan.
Xususan, Kiyev Skynex zenit-artilleriya tizimini, Iris-T havo mudofaa tizimi raketalarini, 10 ta Marder jangovar mashinalarini, Gepard o‘ziyurar artilleriyasi uchun deyarli 30 000 dona o‘q-dorilarni, Leopard 2 tanklari uchun o‘q-dorilarni, uch ming RRGW 90 portativ tankga qarshi granatalar, 7500 155 mmli o‘q-dorilar, shuningdek, turli harbiy muhandislik texnikalarini oldi.