Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi yoki Kiyevning NATOdan xavfsizlik kafolati olishi masalasi hozir kun tartibida emas.
Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“NATO ochiq eshiklar siyosatiga ega; suveren davlatlar qaysi ittifoqqa kirishni o‘zlari hal qiladilar. Ukraina misolida bu masala bugun kun tartibida emas”, - dedi Burbok.
Uning eslatishicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish islohotlar jarayoniga bog‘liq.
Evrokomissiyaning sobiq rahbari Jan-Klod Yunker Ukraina yaqin orada Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmasligi haqida fikr bildirdi.