Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tergovchilar Xanning BND rahbarligidan ketganidan keyin xorijiy razvedka xizmati xavfsizlik tuzilmasi xodimi uchun tahliliy hisobotlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Ushbu shaxs Ozarbayjon razvedkasi ofiseri bo‘lgan bo‘lishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.
Xanning 1998–2005 yillarda Germaniya tashqi razvedka xizmatiga rahbarlik qilgan. Davlat xizmatidan ketgach, u xususiy sektorda maslahatchi va lobbist sifatida ishlagan. Shuningdek, Germaniya–Ozarbayjon forumi boshqaruvi a’zosi bo‘lgan.
Avvalroq Germaniya Federal prokuraturasi Xanning josuslikda gumonlanayotganini ma’lum qilgan. U davlatga xiyonat qilishga urinish hamda boshqa davlat manfaatlari yo‘lida maxfiy razvedka faoliyati olib borishda gumon qilinmoqda.
Agar ayblovlar sudda tasdiqlansa, Xanning olti oydan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.