Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniya Qurolli kuchlari zaxiradagi harbiy xizmatchiga muhtojligini tan oldi

Germaniya Qurolli kuchlari zaxiradagi harbiy xizmatchiga muhtojligini tan oldi

Bundesver bosh revizori Karsten Broyer Welt Am Sonntag’ga bergan intervyusida Germaniya Qurolli kuchlari jangovar shayligini ta’minlash uchun zaxiradagi harbiylar sonini oshirishi kerakligini ma’lum qildi.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda bundesver haqiqiy harbiy xizmatda 200 ming askardan iborat maqsadli ko‘rsatkichga rioya qilmoqda. «Hozirgi demografik vaziyatda mehnat bozori bundan ko‘proq taklifni bera oladi deb o‘ylamayman», — deya qo‘shimcha qilgan Broyer.

Shunga qaramay, Germaniyaning NATO oldidagi majburiyatlarini bajarishi va uning sharqiy qanotda qo‘shinlarni joylashtirish bo‘yicha logistika markazi sifatidagi o‘rnini inobatga olgan holda, mamlakatga zarur bo‘lgan umumiy harbiy xizmatchilar soni 460 ming kishini tashkil qiladi. «Shu bois bizda 100 ming kishi [zaxiradagilar inobatga olingan holda] yetishmayapti», — deydi general. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur muammoni 2030 yilga qadar hal etish kerak.

Bundesver bosh revizori hukumat qanday chora ko‘rmoqchi ekani haqida gapirib o‘tirmay, ushbu vaziyatda demografik vaziyat ularga qarshi o‘ynayotganini ta’kidlagan. «Biz mehnat bozoridan umid qila olmaymiz, shuning uchun u yoki bu shakldagi harbiy xizmatga tayanishimiz kerak», — deya qayd etadi u. Karsten Broyer bunday xizmat turi majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lishi — siyosiy masala ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:45 14.04.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!