Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Germaniya nega Patriot tizimini Kiyevga topshira olmaydi?

Germaniya nega Patriot tizimini Kiyevga topshira olmaydi?

Germaniyada atigi olti dona Patriot tizimi qolgan va ularni Kiyevga topshira olmaymiz, biroq AQShdan yana ikkita kompleks sotib olishga tayyormiz — Germaniya mudofaa vaziri

Boris Pistoriusning Financial Times'ga bergan intervyusida aytishicha, Berlin o‘zidan mavjud bo‘lgan 12 ta Patriot tizimlaridan uchtasini allaqachon Ukrainaga bergan va hozirda Germaniyada atigi 6 ta kompleks qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yana ikki kompleks Polsha tomonidan ijaraga olingan, kamida bittasi esa texnik xizmat ko‘rsatish yoki tayyorgarlik sabablari bilan doimiy foydalanishga yaroqsiz holatda.

"Bu juda ham kam. Ayniqsa, NATO oldidagi majburiyatlarimizni inobatga olsak. Shunusi aniqki, buz bundan ko‘proq kompleksni bera olmaymiz", — deya ta’kidladi Pistorius.

Shunga qaramay, u iyun oyida AQShlik hamkasbi Pit Hegset tomonidan taklif etilgan rejani muhokama qilishni rejalashtirmoqda, bu reja Ukraina uchun ikkita Patriot tizimini sotib olishni nazarda tutadi.

Pistorius, shuningdek, Rossiyaning yaqinda amalga oshirgan aviazarbalari va Kiyevning takroriy so‘rovlariga qaramay, Germaniya Ukrainaga o‘zining uzoq masofali Taurus raketalarini yetkazib bermasligini bildirdi.

Kiritildi: 13:01 14.07.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!