Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya narkokarteliga qarshi eng yirik operasiyani o‘tkazmoqda - polisiya 5,5 milliard yevrolik kokainni musodara qildi

Germaniya narkokarteliga qarshi eng yirik operasiyani o‘tkazmoqda - polisiya 5,5 milliard yevrolik kokainni musodara qildi

Germaniya, Ispaniya va Ekvadorda xalqaro narkokartelga qarshi keng ko‘lamli operasiya o‘tkazildi, uning davomida 5,5 milliard yevroga yaqin 73 tonna kokain musodara qilindi. Bu haqda Baden-Vyurtemberg shtat jinoyat polisiyasi departamenti xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalar Ekvadorning Guayakil portidan Yevropaga konteynerlarda olib o‘tilgan. Giyohvand moddalarni tashish uchun jinoiy guruh o‘zining savdo va transport kompaniyalarini yaratdi va giyohvand moddalarni Yevropa Ittifoqi bo‘ylab etkazib berish uchun haydovchilarni yolladi.

"Germaniya va Ispaniyadagi jinoiy xujayralar Yevropada giyohvand moddalarni etkazib berish va tarqatish bilan shug‘ullangan", dedi tergovchilar.


Ekvadorda Grupo Especial Móvil Antinarcóticos (GEMA) maxsus kuchlari bo‘linmasi mamlakatning eng yirik portidagi 50 ta binoda tintuv o‘tkazdi. Bundan tashqari, 36 nafar kartel a’zosi hibsga olingan. Nemis tergovchilari va bojxona xodimlari operasiyani real vaqt rejimida nazorat markazidan kuzatib borishdi.

Shu bilan birga, Germaniya va Ispaniyada pullarni yuvgan va qobiq kompaniyalari orqali kontrabandani tashkil qilgan 14 nafar gumondor qo‘lga olindi.

Kiritildi: 23:33 15.03.2025. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!