Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya klinikalarida qancha o‘zbekistonlik hamshira faoliyat ko‘rsatmoqda?

Germaniya klinikalarida qancha o‘zbekistonlik hamshira faoliyat ko‘rsatmoqda?

Bugun xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun yurtimizda zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ularning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish choralari ko‘rilyapti. Xususan, tibbiyot yo‘nalishida ham!

Prezidentimizning 2020 yil 15 sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori esa ayni shu maqsadda qabul qilingan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE concept AG” kompaniyasi o‘zbekistonlik hamshiralarni Germaniya Federativ Respublikasidagi bo‘sh ish joylari uchun tanlash, o‘qitish va ishga qabul qilish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, mamlakatimizdagi malakali o‘rta tibbiyot xodimlari ushbu loyihalar doirasida Germaniyaning Axen universiteti klinikasi, Asklepios kasalxonalari, Enzkreis klinikalari, Brandenburg va Karsrue shaharlari klinikasi va Salus Altmark klinikalariga umumiy hamshiralik hamda psixiatrik hamshira sifatida ishlash uchun taklif etilyapti.

Bugunga qadar Migrasiya agentligi, “GLOBOGATE concept AG” tashkiloti hamda Germaniyaning yuqorida qayd etilgan tibbiyot muassasalaridan Axen universiteti klinikasi, Asklepios kasalxonalari va Enzkreis klinikalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sinov imtihonlaridan 400 nafar hamshiralarimiz muvaffaqiyatli o‘tib, ushbu mamlakatda tibbiy faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek, tanlovlarda saralangan yana 550 nafar o‘rta tibbiyot xodimi ayni paytda o‘quv jarayonlarida ishtirok etyapti. Ularning 370 nafari umumiy hamshiralik yo‘nalishlarida, qolgan 180 nafari esa psixiatriya bo‘limlarida ishlash uchun tayyorlanmoqda.

Dastur doirasida yil so‘ngiga qadar 350 nafar o‘rta tibbiyot xodimini xorijda ishlash uchun tayyorlash va Germaniya klinikalariga yuborish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:18 26.03.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!