Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Fridrix Mers bu orqali Germaniyada 2022 yil fevraldan iyungacha amal qilgan “maxfiylik siyosati”ni qayta tiklamoqda.
"Mazkur qaror “strategik noaniqlik” yaratish zarurati bilan izohlanmoqda. Ya’ni dushman qurol yetkazib berish haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lmasligi kerak, aks holda u harbiy ustunlikka ega bo‘lishi mumkin", deb yozmoqda Bild.
Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeev Fridrix Mersning ushbu qarorini qo‘llab-quvvatladi.
"Yaxshi shaxmatchi bir nechta qadamni oldindan o‘ylaydi, ammo raqibiga o‘zining keyingi qadamlarini bildirmaydi", — deya fikr bildirdi Makeev.