Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya kansleri Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi

A A A
Germaniya kansleri Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi

Bugun, 18 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Kansleri Angela Merkel telefon orqali muloqot qildilar, deb xabar berdi prezidenti matbuot xizmati.

Suhbatda Afg‘onistonda keskinlik va zo‘ravonlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarni Afg‘onistondan aviasiya transportida O‘zbekiston orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuasiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Xabaringiz bor, Afg‘onistondan nemis fuqarolarini evakuasiya qilish uchun O‘zbekistonning mahalliy aeroporti vaqtincha yopilgan edi.

Ayni paytda Germaniya Toshkent orqali o‘zining, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hamda Afg‘oniston fuqarolarini evakuasiya qilmoqda. Evakuasiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.

Kiritildi: 18:58 18.08.2021. O'qildi: 3496 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!