Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniya Isroilga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini istisno qilmadi

Germaniya Isroilga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini istisno qilmadi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful Isroilga nisbatan Yevropa Ittifoqi miqyosida yangi sanksiyalar joriy etilishini istisno qilmadi.

Vadeful Neue Berliner Redaktionsgesellschaft mediaguruhiga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi avval ham isroillik ko‘chmanchilar bilan bog‘liq ayrim tashkilotlarga nisbatan cheklov choralarini qo‘llaganini eslatdi.

«Biz bu darajada keyingi qadamlarni ham muhokama qilamiz. Ayniqsa, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan», — dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri.

So‘nggi kunlarda Germaniyada Ben-Gvirga nisbatan sanksiyalar qo‘llash masalasi faol muhokama qilinmoqda. Vadeful uning G‘azo bo‘yicha so‘nggi bayonotlarini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atagan va ehtimoliy choralar Yevropa Ittifoqi doirasida muhokama qilinishini bildirgan.

Kiritildi: 20:32 22.08.2026. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!