Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya "Iskander"lar tahdidiga qarshi qurol yaratishni tezlashtirmoqchi

Germaniya "Iskander"lar tahdidiga qarshi qurol yaratishni tezlashtirmoqchi

AQSh Germaniyada "Tomahawk" qanotli raketalarini joylashtirishdan voz kechgach, Germaniya hukumati o‘z analogik tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Berlindagi press-brifingda hukumat rasmiy vakili Shtefan Kornelius ma’lum qildi va hozirda aynan shunga "urg‘u berish" zarurligini ta’kidladi.

"Ushbu dastur — Rossiyaning yangi uzoq masofali qurol tizimlari bilan qayta qurollanishiga javobdir. Siz Kaliningrad viloyati va boshqa hududlarda "Iskander"lar joylashtirilganidan xabardorsiz. Bu Yevropa uchun tahdid bo‘lib, biz ushbu mudofaa strategiyasi yordamida uni bartaraf etishga harakat qilyapmiz", — dedi Kornelius.

Korneliusning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad tiyib turish tizimida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Mulozimning ta’kidlashicha, Germaniyada "Tomahawk" raketalarini joylashtirish boshidanoq vaqtinchalik chora sifatida ko‘rilgan, Germaniya esa yevropalik hamkorlari bilan anchadan beri yangi yuqori aniqlikdagi uzoq masofali tizimlarni (DeepStrike) ishlab chiqmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!