Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer va avstriyalik hamkasbi Gerxard Karner Suriyaga qo‘shma safarini so‘nggi daqiqada bekor qilishga majbur bo‘ldi. Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif “nemis razvedka xizmatlarining terrorchilik tahdidi haqidagi maxsus ogohlantirishlari” tufayli to‘xtatilishiga to‘g‘ri kelgan.
Departament rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, “delegasiya va unga hamrohlik qilayotgan xavfsizlik xodimlariga ehtimoliy tahdidni qabul qilib bo‘lmas edi”. Uning qo‘shimcha qilishicha, "bu Germaniya va Avstriya delegasiyalariga tahdid ekanligini istisno qilib bo‘lmaydi".
Safar qat’iy maxfiylik va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sharoitida o‘tishi kerak edi. Damashqda vazirlar BMT vakillari, jumladan, qochqinlar agentligi xodimlari, shuningdek, Suriyaning o‘tish davri hukumati a’zolari bilan uchrashishni rejalashtirgan. Muhokama mavzusi qochqinlarning qaytish istiqbollari va xavfsizlik masalalari bo‘ldi.
Fezer va Karner, shuningdek, “jinoyatchilar va Suriya fuqaroligiga ega bo‘lgan xavfli shaxslar”ni tez sur’atda deportasiya qilishni muhokama qilish niyatida edi. Germaniya Ichki ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, bunday muzokaralar "birinchi imkoniyatda o‘tkazilishi kerak".