Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Germaniya harbiylar yangi kiyim-kechak uchun 825 million yevro sarflamoqchi

Germaniya harbiylar yangi kiyim-kechak uchun 825 million yevro sarflamoqchi

Germaniya Mudofaa vazirligi qurol-yarog‘ uchun mablag‘ yo‘qligiga qaramay, harbiylar yangi kiyim-kechak uchun 825 million yevro sarflamoqchi.

Umumiy summaning 306 million yevrosi shartnoma majburiyatlari doirasida rejalashtirilgan, biroq hozircha o‘tkazilmagan. 2032 yilgacha yetishmayotgan 519 million yevroning berilishi Germaniya Bundestagi budjet qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida tasdiqlanishi kerak.

Bundesverning hozirgi kuchi - 179 317 askar. 2031 yilga kelib u 203 mingga ko‘payadi. Shunday qilib, ularning har biri uchun yangi forma taxminan 4 ming yevro turadi. Muxolifatdagi Xristian-Demokratik Ittifoqining budjet bo‘yicha eksperti Ingo Gaedechens allaqachon Mudofaa vazirligining so‘rovini «bema’ni ustuvorlik» deb atadi, bu Bundesverni urushga ko‘proq tayyor qilmaydi.

Iyul oyi boshida Germaniya hukumati 2025 yil uchun mudofaa xarajatlarini 53 milliard yevro miqdoridagi budjet loyihasini ma’qullagan, mudofaa vaziri Boris Pistorius esa piyoda jangovar mashinalari va o‘q-dorilari uchun mablag‘ yetishmasligini bahona qilib, 58 milliard yevro so‘ragan edi.

Kiritildi: Bugun 05:27. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!