Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya federal Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Germaniya federal Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida 17-18 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperasiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmasevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydigan hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!