Evropada boshpana so‘rab murojaat qilayotganlar soni kamayishda davom etmoqda. Yaqin vaqtlargacha boshpana izlovchilar uchun asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Germaniya 2026 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari orasida to‘rtinchi o‘ringa tushdi. Birinchi o‘rinni Fransiya egallagan, keyingi o‘rinlarda Ispaniya va Italiya qayd etilgan.
2026 yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, Norvegiya va Shveysariyada jami qariyb 332 mingta boshpana so‘rovi berilgan. Koronavirus pandemiyasi davri hisobga olinmaganda, bu 2019 yildan buyongi eng past ko‘rsatkichdir.
Umuman, Yevropa Ittifoqiga kelgan boshpana izlovchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga kamaygan.
Germaniyada ham boshpana so‘rab berilgan arizalar soni avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada qisqargan. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida mamlakatning migrasiya siyosatini qat’iylashtirgani ko‘rsatilmoqda.
Germaniya hukumati chegaralarda nazoratni kuchaytirib, mamlakatga kirishni rad etish imkoniyatlarini kengaytirgan. Shu bilan birga, qochqinlar asosiy kelib chiqadigan ayrim davlatlardan Germaniyaga yetib kelayotganlar soni ham kamaygan.
Natijada Germaniyada boshpana so‘rovlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqidagi avvalgi yetakchilik mavqei o‘zgarib, mamlakat 2026 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra Fransiya, Ispaniya va Italiyadan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan.