Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniya diplomatlari Rossiya tahdidlariga qaramay Kiyevda qolmoqda

Germaniya diplomatlari Rossiya tahdidlariga qaramay Kiyevda qolmoqda

Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasi Rossiya TIVining Ukrainadagi diplomatlar va xorijiy fuqarolarga nisbatan tahdidlarini xavotir bilan qabul qilganini bildirdi.

Elchixona Rossiya Vena konvensiyasi va xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya qilishi kerakligini ta’kidladi. “Biz Kiyevda qolamiz”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga tashrifi chog‘ida Rossiyaning tahdidlari uning Ukrainaga kelish qaroriga ta’sir qilmaganini aytgan edi.

Kiritildi: 13:29 05.10.2026. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!