Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniya 2026 yilda rossiyaliklarga 650 ga yaqin talaba vizasi berdi

Germaniya 2026 yilda rossiyaliklarga 650 ga yaqin talaba vizasi berdi

Germaniya 2026 yil boshidan buyon Rossiya fuqarolariga qariyb 650 ta talaba vizasi bergan. Ularning 150 ga yaqini sentyabr oyida rasmiylashtirilgan. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi DW so‘roviga javoban ma’lum qildi.

Vazirlik ta’kidlashicha, viza berish bo‘yicha qaror har bir ariza beruvchi uchun alohida qabul qilinadi. Bunda xavfsizlik tekshiruvi va boshqa omillar inobatga olinadi. Viza faqat xavfsizlik tekshiruvi davomida shubhali holatlar aniqlanmagan taqdirda beriladi.

Avvalroq Germaniyaning Rossiyadagi elchixonasi xavfsizlik bilan bog‘liq ehtimoliy tahdidlarni sabab qilib, Bremen shahridagi magistraturaga qabul qilingan rossiyalik Angelinaga talaba vizasi berishni rad etgani ma’lum bo‘lgan.

Qiz hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan. Agar masala sudgacha hal etilmasa, u viza berishdan bosh tortish haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgan.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi xorijliklarga talaba vizasi berish bo‘yicha rad javoblari sonini oshkor qilmasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 08:58 07.10.2026. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!