Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gennadiy Golovkin World Boxing rahbarligi saylovlarida qatnashmoqchi

A A A
Gennadiy Golovkin World Boxing rahbarligi saylovlarida qatnashmoqchi

Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Gennadiy Golovkin World Boxing tashkiloti prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etadi.

Bu haqda qozog‘istonlik sport jurnalisti Ualixan Kosanbay ma’lum qildi.

"Hozirda World Boxing'ga niderlandiyalik Boris van der Vorst rahbarlik qilyapti, lekin u bu lavozimda qoladimi yoki yo‘q — noma’lum. 2 sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tashkilot Kongressi o‘tkaziladi. Tadbir davomida Prezidentlik saylovi ham tashkil etiladi. Menda o‘sha saylovlarda Gennadiy Golovkin ham qatnashishi bo‘yicha ma’lumotlar bor", deydi Kosanbay.

Ma’lumot uchun, ayni damda Golovkin World Boxing Olimpiya komissiyasi a’zosi hisoblanadi.

Kiritildi: 22:45 02.07.2025. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!