Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Geliy tanqisligi sun’iy intellekt "pufagi"ning yorilishiga va AQSh iqtisodiyoti inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin

Geliy tanqisligi sun’iy intellekt "pufagi"ning yorilishiga va AQSh iqtisodiyoti inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin

Tibbiy uskunalar (ayniqsa, MRT skanerlari), kompyuter chiplari va bir qancha sanoat jarayonlarida o‘ta muhim komponent hisoblangan geliy Ormuz bo‘g‘ozi yopilgani sababli tanqis bo‘lib bormoqda.

Qatarning suyultirilgan tabiiy gaz (STG) ishlab chiqarishni to‘xtatishi dunyodagi geliy ishlab chiqarish hajmining qariyb uchdan biri to‘xtab qolishiga olib keldi. Bu yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda geliyga tayanadigan chip ishlab chiqaruvchilarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Qayd etilishicha, chip ishlab chiqarish jarayonida geliyning munosib o‘rnini bosuvchi vosita yo‘q va hech qaysi boshqa manba Qatardan keladigan ta’minot o‘rnini zudlik bilan bosa olmaydi. Buning ustiga, urush boshlanishidan avval to‘ldirilgan geliy konteynerlari Yaqin Sharqda qolib ketgan.

Agar ushbu uzilishlar davom etsa, geliy yetishmovchiligi chip ishlab chiqaruvchilarni daromadi pastroq bo‘lgan mahsulot yo‘nalishlariga ustuvorlik berishga majbur qilishi mumkin. Bu esa mavjud taqsimotni SI (sun’iy intellekt) xotirasi tomonga kuchaytirib, kompyuter va mobil xotira qurilmalaridagi shundoq ham jiddiy bo‘lgan defisitni yanada chuqurlashtiradi.

Geliy tanqisligi SI-kompaniyalarining ulkan loyihalari uchun halokatli bo‘ladi, chunki bu ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini (Data center) qurish bo‘yicha barcha rejalarni barbod qiladi. Bunday markazlar qurilishining to‘xtashi esa "SI pufagi"ning yorilishiga va Amerika iqtisodiyotining inqiroziga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 23:25 12.03.2026. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!