Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatmoqda. Avstriyaning OMV neft-gaz kompaniyasi «Gazprom»dan 16 noyabrdan boshlab gaz yetkazib berish butunlay to‘xtatilishi haqida bildirishnoma oldi, deyiladi OMV 15 noyabr, juma kuni e’lon qilgan bayonotda. Ta’minot Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 06.00 dan (Toshkent vaqti bilan 10.00) dan nolga kamayadi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.
Bir kun oldin OMV «Gazprom eksport» bilan arbitraj ishida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Kompaniya sud qaroridan so‘ng Rossiya tomonidan foizlar va sud xarajatlarini qo‘shimcha ravishda 230 million yevro miqdorida undirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. OMV 2022 yil kuzida gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sababli 2023 yil boshida «Gazprom eksport»ga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi.
Sud qaroridan keyin OMV «Gazprom eksport» bilan shartnoma munosabatlarining yomonlashishi, jumladan, gaz ta’minoti to‘xtatilishini istisno etmadi. Ushbu bayonot fonida Yevropada gaz narxi o‘tgan yil davomida eng yuqori darajaga yetdi.