Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘azoning o‘qqa tutilishi oqibatida yana 49 falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoning o‘qqa tutilishi oqibatida yana 49 falastinlik halok bo‘ldi

Oxirgi 24 soat ichida blokadadagi G‘azo sektorida 49 kishi Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi, yana 219 kishi jarohat oldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning eksklavga quruqlik, dengiz va havodan amalga oshirayotgan ommaviy hujumlari 372-kundirki to‘xtamayapti.

Hisobotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroil eksklavda «5 ta genosid» sodir etgan.

2023 yil 7 oktabrdan beri G‘azo sektorida Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan hujumi qurbonlari soni 42 175 kishiga yetdi, yana 98 336 kishi jarohat oldi.

Minglab jasadlar vayronalar ostida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 00:51. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!