G‘azo shahridan 550 mingdan ortiq aholi evakuasiya qilingan.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Bugungi kunga qadar 550 mingdan ortiq tinch aholi G‘azo shahrini tark etib, janubga ko‘chib o‘tdi. Shu bilan birga, 162, 98 va 36-diviziyalar G‘azo shahriga kirishini yakunlab, shahardagi XAMAS qo‘rg‘onlarida o‘z faoliyatini boshladi", - deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasining ta’kidlashicha, u XAMASning "tinch aholining janubiy harakatiga to‘sqinlik qilish" va "tinch aholidan terrorchilik faoliyati uchun tirik qalqon sifatida foydalanish" urinishlarini aniqlagan. "Isroil armiyasi shuningdek, Xon-Yunisda gumanitar zona tashkil etilganini e’lon qildi", — deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.
"Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi tinch aholini o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun rasmiy ko‘rsatmalarga rioya qilishga va xavfli deb belgilangan hududlardan qochishga chaqiradi”, — deya xulosa qildi Isroil armiyasi.