G‘azo sektori aholisining 48 foizi HAMASga qarshi norozilik va namoyishlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu anklav va G‘arbiy qirg‘oqda 1 maydan 4 maygacha o‘tkazilgan so‘rov natijalarida ko‘rsatilgan, deb yozadi All Arab News.
Shu bilan birga, 2023 yil 7 oktyabrda tashkilotning Isroil janubiga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlash 2024 yil mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan qariyb 20 foizga kamaydi, o‘shanda ular 71 foizni tashkil etgan edi. Qayd etilishicha, hozirda G‘arbiy sohilda HAMAS tarafdorlari sektordagiga qaraganda ko‘proq.
So‘rov natijalari, shuningdek, G‘azo sektorining bir milliondan ortiq aholisi (so‘ralganlarning 43 foizi) urush tugaganidan keyin anklavni tark etishga tayyorligini bildirganini ko‘rsatdi.