Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

G‘azoga hujumlar paytida Isroil armiyasida o‘n minglab xorijliklar xizmat qilgan

G‘azoga hujumlar paytida Isroil armiyasida o‘n minglab xorijliklar xizmat qilgan

G‘azo sektoriga hujumlar davomida Isroil armiyasi safida xorijiy pasportga ega qariyb 50 ming harbiy xizmat qilgan. Bu haqda Britaniyaning Declassified UK nashri isroillik harbiylarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijlik harbiylarning eng katta qismi AQSh fuqarolaridan iborat bo‘lib, ular 13 ming nafarni tashkil etgan. Shulardan 12 135 nafari ikki fuqarolikka ega bo‘lgan.

Shuningdek, Fransiya (6464 nafar), Rossiya (5169), Germaniya (4103), Ukraina (3266) va Buyuk Britaniya (2069) pasportlariga ega shaxslar ham xizmat qilgani qayd etilgan.

Ruminiya, Polsha, Efiopiya va Kanada fuqarolari orasidan esa 939 nafardan 1760 nafargacha harbiy ishtirok etgani aytilmoqda.

Kiritildi: 22:32 13.02.2026. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!