Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

G‘azodagi urush isroilliklarning chorak qismini qashshoqlik chegarasidan pastga tushirdi

G‘azodagi urush isroilliklarning chorak qismini qashshoqlik chegarasidan pastga tushirdi

G‘azo sektoridagi o‘n to‘rt oylik urush isroilliklar uchun og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keldi va mamlakatning ijtimoiy barqarorligiga tahdid soldi.

Bu haqda Isroil OAVlari Latet tashkiloti tomonidan chop etilgan qashshoqlik haqidagi hisobotga tayanib xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, Isroilda 2024 yilda 2 million 756 ming kishi, 678 ming 200 oila va 1 million 240 ming bola qashshoqlikda yashaydi.

Ijtimoiy yordam oluvchilarning 65 foizi va aholining 32,1 foizining iqtisodiy ahvoli so‘nggi bir yil ichida sezilarli darajada yomonlashdi va bir millionga yaqin isroilliklar asosiy to‘lovlarni to‘lashda qiynalmoqda.

Yaqinda nufuzli reyting agentligi S&P Global Ratings Isroil 2024 yilda nol iqtisodiy o‘sishga duch kelishini ma’lum qildi.

S&P shuningdek, mudofaa xarajatlari o‘sishda davom etar ekan, Isroilning budjet taqchilligi ham qisqa, ham o‘rta muddatli istiqbolda oshishini bashorat qilmoqda.

Bu ma’lumotlar G‘azo urushining oqibatlari Isroil iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga halokatli ta’sir qilishda davom etishini tasdiqlaydi.

Kiritildi: Bugun 03:50. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!