Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azodagi otashkesim muzokaralari: HAMAS va Isroil mahkumlar ro‘yxatini almashdi

G‘azodagi otashkesim muzokaralari: HAMAS va Isroil mahkumlar ro‘yxatini almashdi

HAMAS va Isroil o‘zaro vositachilar orqali G‘azo sektorida otashkesim va asirlar almashinuvi doirasida kutilgan ilk amaliy qadamni tashladi — tomonlar ozod etilishi mumkin bo‘lgan garovdagilar va mahkumlar ro‘yxatlari bilan almashishdi. Bu haqda HAMAS harakati rasmiy vakili Tohir an-Nunu ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ro‘yxatlar avval kelishilgan mezonlarga asosan tayyorlangan. Muzokaralar asosiy e’tiborni urushni to‘xtatish mexanizmlari, Isroil harbiy kuchlarini G‘azodan chiqarish va mahkumlar almashish jarayoniga qaratgan.

Isroil nashri Jerusalem Post ma’lumotiga ko‘ra, HAMAS tomoni bir qator yuqori darajali falastinlik siyosiy mahkumlarni ozod qilishni talab qilmoqda. Ular orasida:

  • Marvon Barguti — FATH harakati yetakchilaridan biri,

  • Abbos as-Sayid — «Izz ad-Din al-Qassam brigalari»ning G‘arbiy sohildagi harbiy rahbari,

  • Ahmad Saadat — Falastin Xalqiy Ozodlik Fronti bosh kotibi.

6 oktyabrdan buyon Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida Isroil va HAMAS o‘rtasida bilvosita muzokaralar o‘tmoqda. Bu jarayonda Qatar, Misr, Turkiya va AQSh kabi davlatlar vositachilik qilmoqda.

Mazkur muzokaralar AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 30 sentyabr kuni taklif etilgan 20 bandli tinchlik rejasi asosida amalga oshirilmoqda. Rejada asosiy maqsad — urushni to‘xtatish, garovdagilarni ozod etish va tinch siyosiy yechim sari qadam tashlashdir.

Ham Isroil, ham HAMAS ushbu rejaga ilk marotaba rasmiy ravishda rozilik bildirgani tinchlik muzokaralariga umid uyg‘otmoqda.

Kiritildi: 18:02 08.10.2025. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!