Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

G‘azodagi og‘ir ahvolni kuchli bo‘ron yanada mushkullashtirmoqda, Isroil esa "ko‘chirib yuborishni"ni rejalashtirmoqda

G‘azodagi og‘ir ahvolni kuchli bo‘ron yanada mushkullashtirmoqda, Isroil esa "ko‘chirib yuborishni"ni rejalashtirmoqda

G‘azodagi yuzlab chodir va ko‘chirilgan shaxslar uchun boshpanalarga kanalizasiya va yomg‘ir suvlari kirib qolganini anklav ma’murlari Al Jazeera telekanaliga ma’lum qildi. Ular favqulodda boshpanalar va og‘ir texnikalarni kiritishga chaqirmoqda.

YUNISEFning kommunikasiya bo‘yicha menejeri Tess Ingram Al Jazeera telekanaliga aytishicha, anklavdagi "ulkan" ehtiyojlarni qondirish uchun har kuni kamida 600 ta gumanitar yordamni olib kiruvchi yuk mashinasi G‘azoga kirishi kerak.

AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azoni falastinliklardan bo‘shatish rejasi ko‘pchilik tomonidan, jumladan anklav aholisi tomonidan rad etildi. Aholi "nima bo‘lishidan qat’i nazar, hech qachon ketmasliklarini" ta’kidladi.

Isroil mudofaa vaziri IsraEl Kats mamlakat harbiy kuchlariga G‘azoning xohlagan fuqarosi ularni qabul qilishga rozi bo‘lgan istalgan joyga "ko‘chib ketishi" mumkin bo‘lgan rejani tayyorlashni buyurganini vazir matbuot xizmati ma’lum qildi.

Isroilning G‘azoga qarshi urushi natijasida 47 583 kishi halok bo‘ldi va 111 633 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Kiritildi: 20:14 06.02.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!