UNRWA vakili Juliette Touma ta’kidlashicha, jinoyatchi Isroilning G‘azoga gumanitar yordam kiritishni taqiqlovchi deyarli ikki oylik qamalidan so‘ng, hududda keng ko‘lamli ochlik hukm surmoqda.
"Bu qamal, tushuntirish uchun aytadigan bo‘lsak, urush boshidagi [Isroil tomonidan o‘rnatilgan] qamaldan to‘rt baravar uzoqroq davom etmoqda. Esingizda bo‘lsa, bir yarim yil oldin urush boshlanganida ikki haftalik qamal davri bo‘lgan edi. Hozir esa deyarli ikki oylik qattiq qamal haqida so‘z yuritmoqdamiz," - dedi Touma matbuot brifingida.
"Tasavvur qiling, farzandlaringizni boqishga hech narsangiz yo‘q. G‘azodagi bolalar och holda uxlashga majbur bo‘lmoqda. Kasalxonalar va klinikalarda, shu jumladan UNRWA klinikalarida, ta’minot yetishmasligi sababli bemorlar va xastalar zarur tibbiy yordamni ololmayapti."