Falastindagi HAMAS harakati G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha so‘nggi taklifga musbat javob berdi.
"Harakat o‘z javobini birodar vositachilarga taqdim qildi. Bu javob ijobiy ruhda bo‘ldi va harakat ushbu kelishuv doirasini amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha jiddiy va darhol yangi muzokaralar raundini boshlashga to‘liq tayyor," — deyiladi HAMASning bayonotida.
❕ Isroil (Tel-Aviv) hozircha HAMASning javobiga rasmiy izoh bermadi.
Al Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv 60 kunlik to‘xtatib turishni o‘z ichiga oladi va u Donald Tramp tomonidan kafolatlanadi. Bu muddat davomida isroillik garovdagilar bosqichma-bosqich ozod etiladi hamda gumanitar yordam miqdori oshiriladi.
Garovdagi shaxslarni almashish jarayoni 1-, 7-, 30-, 50- va 60-kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Muzokaralar tinchlik rejimi boshlangan birinchi kundan boshlab, vositachilar nazorati ostida boshlanadi. Ular quyidagi masalalarni qamrab oladi:
– Falastinlik mahbuslar evaziga barcha garovdagilarni ozod qilish,
– Isroil qo‘shinlarining G‘azodan chiqarilishi,
– Kelgusida xavfsizlik choralari va
– G‘aza uchun "keyingi kun"ga doir rejalar.
🗣 HAMAS bayonotidan oldin, shu haftaning boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Vashingtonga tashrifi arafasida Isroil va HAMASga kelishuv tuzish uchun bosim o‘tkazayotganini ma’lum qilgan edi.