- 19 yanvarda boshlangan G‘azodagi tinchlik rejimini saqlab qolish harakatlari davom etayotgan bir paytda Isroil Livanning Sidon shahrida dron zarbasi natijasida bir kishini o‘ldirdi.
- AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoffning ta’kidlashicha, Isroil muzokarachilari Qohiraga yo‘l olgan bir paytda ham Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh saqlanib qolmoqda.
- AQSh davlat kotibi Marko Rubio Trampning falastinliklarni G‘azodan majburan ko‘chirish rejasini ma’qullagan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvidan bir kun o‘tib Saudiya Arabistoniga bordi. Rubio HAMASni "yo‘q qilish kerak" deb aytib, uch bosqichli tinchlik rejimiga shubha bildirdi.
- Isroil hamon tinchlik bitimi shartlaridan biri bo‘lgan G‘azo sektoriga o‘n minglab ko‘chma uylar va chodirlarning kiritilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
-G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning G‘azoga qarshi urushida 48 271 falastinlik halok bo‘lganini va 111 693 kishi yaralanganini tasdiqladi. Hukumat matbuot xizmati esa qurbonlar sonini kamida 61 709 kishiga yetganini ma’lum qildi.