G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida Isroil harbiylarining hujumlari oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 32 kishi jarohat oldi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar anklavodagi shifoxonalarga olib kelingan.
Vazirlikning bildirishicha, 2025 yil 10 oktyabrda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan buyon Isroil zarbalari oqibatida 1 108 kishi halok bo‘lgan, 3 578 kishi jarohatlangan. Shuningdek, vayronalar ostidan yana 800 nafar qurbonning jasadi olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azo sektoriga qilingan hujumlar natijasida halok bo‘lganlar soni 73 231 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 173 686 nafarga yetgan.