Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azoda operasiya boshlanganidan beri 78 ming Isroil askari yaralandi

G‘azoda operasiya boshlanganidan beri 78 ming Isroil askari yaralandi

Isroil G‘azo sektoriga hujumlar boshlagan 2023-yil 7-oktyabrdan beri 78 ming isroillik askar yaralangan.

Isroil davlat televideniyesining KAN xabariga ko‘ra, Isroil Mudofaa vazirligining reabilitasiya bo‘limi ma’lumotlariga asoslanib, 78 ming yaralangan askarning yarmi ruhiy jarohatdan aziyat chekmoqda.

Vazirlikning yozma bayonotida, 2023-yil 7-oktyabrdan buyon 16 ming nafar harbiy xizmatchining shifoxonalarda davolanganligi qayd etildi.

Mudofaa vazirligi e’lon qilgan raqamlar bilan Isroil armiyasi tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘rtasida jiddiy farq bor.

Isroil armiyasi 2023-yil 7-oktyabr voqealaridan beri G‘azo sektorida atigi 5741 nafar askar yaralanganini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 15:36 24.03.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!