Shifokorlar Rasilga yaralarni bitkazish uchun teri ko‘chirib o‘tkazish operasiyasi zarurligini aytmoqda. Biroq yaralar Gazoda mavjud antibiotiklarga ta’sirchan emas. Shu sababli tibbiyot xodimlari yaralarni qayta-qayta ochib, tozalashga majbur bo‘lmoqda. Bu muolaja 20 martadan ortiq amalga oshirilgan.
Qizning otasi Mahmud al-Balaviy shifoxonada uning yonida bo‘lib, tasalli bermoqda.
BBC xabariga ko‘ra, Rasilning holati G‘azoda jarohatlangan bemorlarni davolashdagi qiyinchiliklar va tibbiy resurslar cheklanganini ko‘rsatadi.