Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga nisbatan amalga oshirilayotgan blokada, ichimlik suvining ifloslanishi va ocharchilik sharoitida kam uchraydigan, xavfli kasallik — Giyen-Barre sindromi keng tarqalmoqda.
Vazirlik bosh direktori Munir al-Burshning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda 95 ta yangi holat aniqlangan, shulardan 45 nafari bolalar, ikkisi esa 15 yoshdan kichik.
«Gazoda bu kasallik avval yiliga atigi bir marta uchrar edi, bugun esa o‘nlab holat qayd etilmoqda. Bemorlar nafas olishda qiyinchilikka duch kelishi, hatto hayotdan ko‘z yumishi mumkin», — dedi Munir al-Bursh.
Uning ta’kidlashicha, kasallikning keng tarqalishi Isroil tomonidan uzluksiz amalga oshirilayotgan blokada, sug‘orish va ichimlik suvining ifloslanishi, dorilar va oziq-ovqat yetishmasligi bilan bevosita bog‘liq.
Mutasaddilar xalqaro hamjamiyatni G‘azoda yuzaga kelgan gumanitar fojiaga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.