Falastin Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 200 nafar bedarak yo‘qolgan shaxsning 4 700 nafardan ortig‘ini ayollar va bolalar tashkil etadi.
Bu raqamga vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida qolgan odamlar, Isroil kuchlarining mahalliy operasiyalari va majburiy evakuasiya jarayonida bedarak yo‘qolganlar, shuningdek, Isroil qamoqxonalari va saqlash markazlarida majburan g‘oyib qilingan minglab falastinliklar kiradi.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar 30 avgust kuni Isroil G‘azodan ushlanganlar haqidagi ma’lumotlarni — ularning ismlari, qayerda saqlanayotgani va sog‘lig‘i holatini — yashirishda davom etayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, ushlanganlarga oilalari, advokatlari va inson huquqlari himoyachilari bilan aloqa qilish imkoniyati berilmayotgani aytildi.
Falastin hukumati, shuningdek, Isroil tomoni halok bo‘lganlarning jasadlarini hamda morglar va «raqamlar qabristonlari» deb ataluvchi joylarda saqlanayotgan jasad qoldiqlarini ushlab turibdi, deb ayblamoqda.
Xalqaro huquq tizimli ravishda majburan g‘oyib qilishni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida tasniflaydi.