Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azo SSV shoshilinch yordam so‘radi

G‘azo SSV shoshilinch yordam so‘radi

Isroilning qamal qilishi G‘azo shifoxonalarini dori-darmonlar bilan "xavfli darajada ta’minlanmagan" holatga keltirdi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning bir oydan ortiq davom etayotgan qamali natijasida shifoxonalar dori-darmonlar zaxirasi "xavfli" va "misli ko‘rilmagan" darajada kamayib ketganini aytib, shoshilinch yordam so‘radi.

Isroil G‘azoda hibsga olgan 80 ga yaqin falastinlikni ozod qildi, ularning kamida 10 nafari zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj edi.

Tibbiy manbalarga ko‘ra, bugun tongdan boshlab Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi.

Kecha Isroil G‘azo shahrining Shujayea tumanidagi turar-joy binolariga bir necha marta zarba berishi oqibatida kamida 35 falastinlik halok bo‘ldi, yana 55 nafari yaralandi, 80 kishi esa vayronalar ostida bedarak yo‘qoldi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 50 846 falastinlik halok bo‘lgani va 115 729 nafari yaralangani tasdiqlandi. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgan deb taxmin qilib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi.

Kiritildi: 20:30 10.04.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!