Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azo shimoliga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 30 ga yaqin falastinlik halok bo‘ldi

G‘azo shimoliga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 30 ga yaqin falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahriga bergan zarbasi oqibatida kamida 29 falastinlik halok bo‘ldi.

Bu haqda Falastinning XAMAS harakati bilan aloqador "Quds" portali xabar berdi.

Portlash ko‘chirilganlar yashaydigan lagerni nishonga olgan. Portalning ta’kidlashicha, kun boshidan beri anklavda jami 59 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Isroil armiyasi sektorda harbiy amaliyotlarni qaytadan boshlab, unga qarshi ommaviy zarbalar berdi va shu tariqa joriy yilning yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni to‘xtatdi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi buni XAMASning vositachilar va AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Vitkoffning muzokaralar chog‘ida ilgari surilgan takliflarni rad etishi bilan izohlab, G‘azodagi operasiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini aytdi. Radikallar jangovar harakatlar qayta boshlanganida Isroil va AQShni aybladi.

Kiritildi: 09:27 25.04.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!