Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

G‘azo shimolidagi yagona faol shifoxonadagi ahvol og‘ir, evakuasiya qilinmoqda

G‘azo shimolidagi yagona faol shifoxonadagi ahvol og‘ir, evakuasiya qilinmoqda

BMT vakilining aytishicha, G‘azodagi shifoxona bemorlarini va xodimlarini evakuasiya qilish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning matbuot kotibi ma’lum qilishicha, Isroil bugun ertalab evakuasiya buyrug‘ini berganidan so‘ng, G‘azo shimolidagi al-Avda shifoxonasidan "bemorlar va tibbiyot xodimlarini ko‘chirish uchun harakatlar davom etmoqda."

"Al-Avda - G‘azo shimolida qisman faoliyat yuritayotgan yagona shifoxona," deya jurnalistlarga ma’lum qildi Stefan Dyujarrik.

"Hozirda muassasa jarohatlanganlar bilan to‘lib ketgan va tibbiy ta’minot juda kam qolgan," dedi u.

Isroil harbiy kuchlari 2023 yil oktyabr oyida hujumni boshlaganidan beri G‘azo bo‘ylab shifoxonalar va sog‘liqni saqlash muassasalarini bir necha bor nishonga oldi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimini butunlay izdan chiqish arafasiga olib keldi.

Kiritildi: 23:08 29.05.2025. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!