G‘azo shahrining shimoliy qismidagi aholi xalqaro gumanitar ekspertlar Falastin hududida ocharchilik xavfi yaqinlashayotgani haqida ogohlantirgan bir paytda, yordam yetishmasligi tufayli tashvishga tushmoqda.
"Bugun yangiliklarda yordam kelgani haqida eshityapmiz. Bizda esa hech narsa yo‘q," - dedi 46 yoshli Jamol Hassan. "Bugun bolalar kechki ovqatsiz uxlaydi va sho‘r suv ichadi. Bu hozir Falastin xalqi boshidan kechirayotgan haqiqiy ocharchilikdir, ammo hech kim bunga e’tibor bermayapti."
U yana qo‘shib qo‘ydi: "Netanyahuning chegaralar ochilib, yordam kiritilgani haqidagi gaplari va ayrim soxta bayonotlari - bularning barchasi yolg‘ondan iborat."
11 haftalik qamal tugagach, Isroil dushanba kuni to‘qqizta yordamga to‘la yuk mashinasining o‘tishiga ruxsat berdi. BMT bu miqdorni "dengizdan bir tomchi" deb ta’rifladi.