Bu haqida Associated Press xabar berdi.
Agentlik bu haqda G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
"2023 yilning 7 oktyabrida HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar natijasida 50 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Shuningdek, 113 mingdan ziyod kishi yaralangani aytilmoqda", deb yozadi nashr.
AP ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu raqamlarda tinch aholi va qurolli guruhlar a’zolari o‘rtasida farq keltirmagan.
O‘z navbatida, Isroil armiyasi G‘azoda taxminan 20 ming dushman jangchisini yo‘q qilganini ma’lum qilgan.