Bu haqda Falastin hukumati aloqa markazi xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning 18 martida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilganidan buyon G‘azo sektorida 1827 falastinlik halok bo‘lgan, yana 4828 nafari yaralangan.
Bundan tashqari, 420 000 dan ortiq odam majburan ko‘chirildi.
“Sog‘liqni saqlash tizimi vayron bo‘ldi, novvoyxonalar yopildi, 2 million falastinlik esa G‘azo sektoriga kiritilmagan gumanitar yordamga to‘liq qaram bo‘lib qoldi”, — deyiladi hisobotda.